Polimerlarning ko‘plab monomer yoki elementar zvenolarni zanjirsimon, tarmoqlangan, to‘rsimon shakllarda kimyoviy birikib turli konfiguratsiya, konformatsiya va yuqori massali ulkan makromolekulalar tuzilishida bo‘lishi, amorf, kristall, suyuq kristall va gel holatlarni hamda qattiq va suyuq fazalarda o‘ziga noyob fizik va relaksatsion jarayonlarni namoyon qiladi. Shunungdek, tashqi ta‘sirlar ostida tuzilishi va fazaviy holatini o‘zgartirishi, turli morfologiyalar, nanotuzilishlarni shakllantirishi boshqa turdagi birikma materiallarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega do’lishini ta‘minlaydi. Jumladan, yengilligi, egiluvchanligi, kam energiya sarflangan holda oson qayta ishlanishi, organizmga zararsiz ekanligigi, tabiiy sharoitda va sintetik ravishda katta miqdorlarda ishlab chiqarilishi va keng miq’yosdagi iste‘mol mollari, maxsus xossali noyob buyum va jihozlar tayyorlanishiga imkon beradi.