Jahon sivilizatsiyasi hozirgi kungacha bo`lgan rivojlanishining asosiy omillari va yo`nalishlarini yoritishga qaratilgan. Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda jahonda ro`y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o`rganishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko`rsatib o`tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to`la bahramand bo`lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko`maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo`lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o`rganadi.
Shuningdek, “Jahon sivilizatsiyasi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o`rganish, fan bo`yicha to`plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o`z ichiga qamrab oladi.