Xossalari va tarqalishi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U Yer qobig‘i massasining 0,5 % ini tashkil etadi. Dengiz va okean suvlarida 1200—10 min. t. oltingugurt, birikmalar shaklida suvda erigan holda bo‘ladi. Oltingugurt sariq rangli kristall mo‘rt modda. Suvda deyarli erimaydi, ammo ba’zi organik erituvchilarda eriydi. 444,6 °C da qaynaydi.
Zichligi = 2,07 g/sm3. Oltingugurtning yirik konlari AQSh, Italiya, Kanada, Yaponiya, Ukraina, Rossiyada joylashgan. 0‘zbekistonda Fag‘onava Muborakda oltingugurt konlari mavjud.