Elektrodlar elektr toki o’tkazuvchi material (masalan mis sim) bilan to’tashtirilsa va bu simga elektr toki mavjudligini bildiruvchi biror asbob (masalan galvanometr) ulansa, bu asbob sim orqali elektr toki o’tayotganligini ko’rsatadi. Elektrodlar sim orqali to’tashtirilganda, ulardagi potenstiallar har xil bo’lganligidan, ular baravarlashishga intiladi, natijada elektronlar rux elektroddan mis elektrodga sim orqali o’ta boshlaydi.
Demak, elektrodlar to’tashtirilgan simda elektronlar oqimi, ya’ni elektr toki vujudga keladi. Elektronlarning rux elektroddan mis elektrodiga o’tishidan elektrodlardagi elektr qo’sh qavatining muvozanati buziladi va natijada