Ishlashga tayyor bo‘lgan kompyuter ko‘p pog‘onali tizimni ifodalaydi. Eng quyi pog‘onani apparat vositalari tashkil qiladi, yuqori pog‘onalarda esa dasturiy vositalar joylashadi. Yangi kompyuter ishga tayyor bo‘lishi uchun quyida keltirilgan bosqichlarni bosib o‘tishi talab qilinadi. 1. Kompyuterning dastlabki apparat qismining sozlanishi. Bunda barcha mavjud apparat komponentlari ko‘rsatkichlarining kelishuvi kompyuterning tizimli platasida joylashgan doimiy xotira qurilmasiga yozilgan (PZU) BIOS SETUP vositasi yor- damida amalga oshiriladi. 2. Operatsion tizimni o‘rnatishdan oldin qattiq diskni ma’lumot yozish uchun tayyorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun uni formatlash lozim. 3. Operatsion tizimning o‘rnatilishi kompyuterni ishga tushir ishga va foydalanuvchi bilan muloqatni amalga oshirish- iga imkon beradi. 4. Qurilmalarning drayverlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan qo‘shimcha sozlash operatsion tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu drayverlar kompyuterning barcha dasturlarida mavjud qu- rilmalarga murojaat qilish imkonini beradi. 5. Oxirgi bosqich kompyuter bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha dasturlarni o‘rnatishdan iborat.