O‘zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bugungi kunda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy salohiyatini o‘stirish hamda ularning qishloq xo‘jalik soha o‘zgarishlarini to‘g‘ri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari talab etiladi.
«Tarbiyaviy ish metodikasi» fani talabalarni hozirda mavjud bo‘lgan tarbiyaviy ishlarni shakllari bilan tanishtiradi va ana shu shakllardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantiradi. Hozirgi kunda tarbiyaviy ishlardan o‘quv jarayonida foydalanish va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish eng muhim masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Hamda, XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun oliy ta’lim muassasalarida sifatli kadrlarni, xususan qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha pedagoglarni etkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Fanning maqsad va vazifalari Fanning asosiy maqsadi – bo‘lajak mutaxassislarni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar hamda 5111000 – Kasb ta’limi 5112000 Mehnat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablar darajasida tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishini nazariy va amaliy asoslari bilan tanishtirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifalari – uni o‘rganuvchilarga: - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘quvchilarni g‘oyaviy tarbiyalashning maqsadi, vazifalari va usullarini o‘rganish; - bo‘lajak mutaxassislarda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishning shart-sharoitlarini aniqlash; - pedagoglarning o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalasini o‘rganish; - tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish, uning sifati va samaradorligini oshirishda yangicha ishlashning metodi, vositalari va shakllaridan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish; - o‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini aniqlash; - guruh jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasini yoritish; |
0
|
|