O’quv –uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil “13”11 dagi 430 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqildi. Majmuada oila pedagogikasining nazariy asoslari, oilaviy hayotning shaxs hayotidagi o’rni, oilada barkamol shaxsni tarbiyalash, ota- onalarning majburiyatlari, huquqlari, ota-ona obro’si, oila a’zolarining shaxs shakllanishidagi ta’siri, o’g’il va qiz bolalar tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari, oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligida oila mustahkamligini ta’minlashning nazariy xususiyatlari kabi masalalar yoritilgan.