Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bo’yicha oid mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan ko’plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy ta’lim rivojiga bo’lgan e’tibor shaxsning nafaqat aqliy o’sishida, balki shu bilan birgalikda uning ma’naviy- axloqiy hamda kasbiy kamolotidagi uyg’unlikni xam talab etadi. Bu jarayonning to’laqonli amalga oshuvi asosan o’qituvchi shaxsining kasbiy-pedagogik mahorati bilan chambarchas bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarida jahonga yuz tutishi, o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olganligi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tobora chuqurroq kirib borayotganligi oliy va o’rta maxsus ta’lim oldiga yuksak ma’naviy-ahloqiy vazifalarga ega bo’ladigan, har jihatdan raqobotbardosh mutahassislarni tayyorlash vazifasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Ushbu vazifani hal etishda, shubhasiz «Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanning ham o’z o’rni mavjud. Shunisi diqqatga sazavorki, majmuada jahon pedagogikasi namoyondalarining Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga doir qarashlari bilan bir qatorda buyuk Sharq mutafakirlarining ham bu sohadagi qarashlariga alohida o’rin ajratilgan. |
0
|
|