Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Pedagogik texnologiya” fanning O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 13- noyabr 430- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va № BD-51109003.4.01.–raqam bilan ro`yxatga olingan fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Majmuadagi mavzular zamonaviy pedagogik texnologiya talablariga mos ravishda tayyorlanib, unda o’quv maqsadlari, mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. chet el adabiyotlari bilan boyitilgan, internet ma’lumotlaridan foydalanish uchun kerakli manzillar keltirilgan. Majmumada talabalar tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish tartiblari bayon qilingan. Har bir mavzu oxirida mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.