Fanning maqsadi - yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish, begona o’tlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kurash choralarini to’g’ri amalga oshirish, yerlarga sifatli ishlov berish, ekinlarni navbatlab ekish va dehqonchilik tizimini ilmiy asosda tashkil etish, qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishning agrotexnik usllarini takomillashtirish va navlarni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini o’tkazish, eng samarali agrotexnik usullarni va navlarni ishlab chiqarishga joriy etish uslublarini o’rgatishdan iborat.