Dehqonchilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, aholini oziq-ovqat, sanoatni xom-ashyo, chorvachilikni esa yem-xashak bilan ta’minlaydi. Ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, tuproq unumdorligini fizikaviyva biologik yo’llar bilan oshirish tadbirlarini o’rgatadigan fandir.
O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasi 55-moddasiga muvofiq tabiiy obyektlari, jumladan yer umumhalq boyligidir va ular davlat muhofazasida turadi. Yerdan ilm-fan tavsiyalari asosida samarali foydalanish, uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash, shak-shubhasiz qishloq xo’jaligini rivojlanishining asosiy omillaridan biridir