Tuproq juda ham yupqa lekin bizning planetamizni o‘rab turadigan qimmatbaho qatlam. U barcha hayot shaklarini o‘zida mujassam etgan hamda suv va dengizga ozuqa muhitiga katta hissa qo‘shadigan tabiiatni mo‘jizasi va o‘z navbatida mo‘zizalar makoni.. Bu bardoshli yupqa parda Er yuzasining geologk formatsiyalari ya’ni tabiiy omilar ta’sirida hosil bo‘lgan noyob va mo‘rt qoplamadir. Tog‘ jinsi geologik cho‘kindi emas, u bir va bir necha minerallar yig‘indisi hamda magmatik, metamorfik jinslardan iborat bo‘lgan tabiiy jismdir.Tog‘ jinsi geologik, topografik, iqlim, fizik, kimyoviy, biologik nurash va tuproq omillari ta’sirida va jarayonida o‘zgargan va o‘zgarayotgan, organik moddalar va biologik tuzilishga ega bo‘lgan ,noorganik yoki mineral zarrachalardan iborat tirik jismdir. Suv hamma xayotiy omillarga asosiy ta’sir qiluvchi konvener hisoblanadi va qattiq faza bilan unumdor substrat hosil qiladi. Bu tabiatda va hayotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha pedosfera zonasida biologik faol, g‘ovakli va shakilda tuzilgan. Tuproqda asta sekin vaqt o‘tishi bilan biokimyoviy tizim rivojlanib, makro va mikroflora va hayvonot dunyosining o‘sishi uchun ko‘prik kabi tartibga solib turuvchi ozuqa ta’minotidir. Bundan tashqari u er usti va osti suvining miqdorini belgilaydi