Ma`lumki, qishloq xo’jaligi o’simliklarining hosildorligi va hosil sifatini oshirish ilm-fan oldidagi dolzarb masalalardan biridir. Ushbu sohadagi mavjud muammolar yåchimini topishdagi asosiy ishlardan biri, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan chora tadbitlarni ishlab chiqish va uni to’g’ri qo’llay bilishdit. Buning uchun bilimli kaditlar tayyorlash talab etiladi.
Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo‘lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o‘rganadi. Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Ilmiy fan sifatida tuproqshunoslik fani Rossiyada X1X asrning oxirlarida rus olimlari V.V.Dokuchaev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari tufayli shakllana boshladi va rivojlandi.