“Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarga tuproqshunoslik fani bo‘yicha tuproq mineral qismining kelib chiqishi, tuproq ona jinsining paydo bo‘lishi, tog‘ jinsi va ularning kelib chiqishi, nurash turlari va tiplari, tuproq paydo qiluvchi omillarni tuproqqa ta’siri; o‘simlikshunoslik bo‘yicha: madaniy o‘simliklarning biologik xususiyatlari, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari va shu qonuniyatlar asosida ulardan yuqori va sifatli hosil olish imkonini beradigan eng samarali agrotexnik usullarni ishlab chiqish va qo‘llash haqida chuqur bilim berishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun talabalar tuproq hosil bo‘lish jarayoni, tuproqning morfologik belgilari, tuproq hosil kiluvchi omillar, O‘zbekiston tuproqlari va ularni muhofaza qilish, madaniy o‘simliklarning klassifikatsiyasi, donli, dukkakli don, moyli, tolali va tuganak va ildiz mevali ekinlar, ularning botanik va biologik tavsifi, agrotexnikasi kabilar bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tanishtiriladi.