. Eng katta boylik - bu intellektual boylik, ya`ni tafakkur. Chunki, bu boylikni hech kirn tortib ololmaydi. Xalqi intellektual tafakkurga boy bo`lgan davlatlar hech qachon inqirozga uchramaydi. Vaqt o`tishi bilan yer osti va yer usti boyliklari, foydali qazilmalar kamayishi va xatto tugashi mumkin, intelektual boylik esa ta`lim tizimi to`g`ri yo`lga qo`yilganda faqat ortib boradi.
Rivojlangan davlatlar o`z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish va joriy etish hisobiga shakllantiradi. Shu tufayli ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fanni rivojlantirish, yuqori intellektual tafakkurga ega yosh mutaxassislar tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.