Qishloq xo`jaligini rivojlantirish va mustaqil respublikamiz xalqining qishloq xo`jalik mahsulotlariga o`sib borayotgan talablarini qondirishning asosiy yo`li - qishloq xo`jalik fan yutuqlari va ilg`or tajribalar asosida ham xo`jaliklarda dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini yuksaltirishni har tomonlama resurstejamkor texnalogiyalarni qo`llash orqali o`simlik mahsulotlarini ko`paytirish bilan bozor iktisodiyoti qiyinchiliklarini yengib o`tishdan iboratdir. Bugungi bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni fan yutuqlari va ilmiy tajribalar asosida olib borishni taqozo qilmoqda.