O’simlik tarkibini aniqlashda, quyilgan maqsadga ko’ra o’rganiladigan o’simlik namunasini olish va uni analizga tayyorlashga alohida e’tibor berish zarur. Analiz uchun olingan har bir o’simlik namunasi o’rganilayotgan omil (sharoit)ning xaqiqiy ahamiyatini (ta’sirini) aniq ifoda qilaoladigan bo’lishi kerak. Agar tuproqdan sarflanayotgan ozuqa moddalar miqdori aniqlanayotgan bo’lsa o’simlik yer usti qismining hammasi analiz qilinadi. O’simliklarni oziqlanish sharoitlari o’rganilayotganda esa uning bargi, barg bandi va plastinkasi analiz qilinadi.
Dala sharoitida tajriba bo’limchasi (delyanka) maydonining katta-kichiqligiga ko’ra, o’simlikning xolati va rivojlanish bosqichiga qarab o’rtacha o’simlik namunasini chiziqli (o’zunlik) metr, kvadrat metr, bo’limcha diagonali bo’ylab yoki o’simlik qatorining ma’lum qismlaridan olish usullari bo’yicha tayyorlash mumkin