Ushbu o’quv-metodik majmua 5480100 «Amaliy matematika va informatika» ta’lim yo’nalishi uchun tayyorlangan bo’lib, unda «Programmalash asoslari» fanidan ma’ruza mashg’ulotlari bo’yicha nazariy ma’lumotlar va mavzularga oid tayanch tushuncha va iboralar, mavzular bo’yicha muammoli savollar, o’qituvchi va talabaning mavzular bo’yicha maqsadlari, nazorat topshiriqlari, asosiy xulosalar hamda ularni mustahkamlash, shuningdek, mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim materiallari majmuasi bayon etilgan. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha qisqacha metodik tavsiyalar, bajariladigan topshiriqlar, talaba bilimini baholash bo’yicha reyting nazoratlari o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar majmui bayon etilgan.