5110700 – Informatika o„qitish metodikasi ixtisosligi bo„yicha bakalavrlarni tayyorlash Davlat ta‟lim standartida mutaxassislik fanlari qatorida “Matematik va kompyuterli modellashtirish asoslari” o„quv fani alohida o„rin tutadi. Ushbu fanning asosiy maqsadi – bakalavrlarda amaliy masalalarni hal etishda
modellashtirish usul va vositalaridan foydalanish, hususan matematik va kompyuterli modellashtirish texnologiyalarini chuqur o„zlashtirib olish, ta‟lim tizimiga oid ilmiy izlanishlarda ulardan unumli foydalana olish malaka va ko„nikmalarini hosil qilishdan iborat.