Bozor iqtisodiyoti o`zining obyektiv qonunlari hamda o`zi-ni-o`zi tartiblash
dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodi -yotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar aso-sida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklarning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosiblik-larning kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo`ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartib -lashi zarur bo`ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o`zini-o`zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg`unlashtirishni ta-qozo etadi. |
0
|
|