O‘quv-uslubiy majmua – Toshkent moliya institutida bakalavriat va
magistratura ta’lim bosqichilarining O‘quv rejalarida aks etgan fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchining dars jarayoniga o‘quv-uslubiy tayyorligini tasdiqlovchi eng muhim mezon, me’yoriy-uslubiy hujjatdir. Majmuaning asosiy maqsadi – avvalombor fan o‘qituvchisi, xuddi shuningdek talaba uchun, fanni har tomonlama sermazmun, chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda etkazish (talaba uchun – o‘zlashtirish) uchun yagona o‘quv-uslubiy va axborotresurs manbaini yaratish hisoblanadi. O‘quv-uslubiy majmua Toshkent moliya instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan. Mazkur majmua ilg‘or xorijiy tajribani keng o‘rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. |
0
|
|