Iqtisodiyotning erkinlashuvi s haroitida soliqlar va ularga tenglashtirilgan
to‘lovlar davlat byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi, shuning uchun noiqtisodiy ta‘ lim ixtisosligi talabalari yuridik hamda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, to‘lovlarni hisoblash va byudjetga to‘lash tartiblarini soliq nazariyasi, soliq qonunchiligi asoslari, soliqni prognoz qilish va boshqa o‘zlashtirgan bilimlari asosida mukammal o‘rgangan etuk mutaxassis bo‘lib etishishini bugungi kun talabi taqozo etmoqda. Soliqlar va soliqqa tortish fani bo‘yicha noiqtisodiy mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorl arning ma‘no hamda mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob kitoblarni taqdim etish tartibi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. |
0
|
|