Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O‟zbekiston Respublikasi
byudjet tizimini samarali boshqarishning hozirgi kundagi holati nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga yechim topishni ko‟ndalang qilib qo‟ymoqda. Bu borada byudjet sohasida olib borayotgan o‟zgarishlarning markazida byudjet tizimi va byudjet munosabatlarini tubdan o‟zgartirish, daromadlari bazasini mus tahkamlash, iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‟rnini oshirish masalalari turadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‟kidlaganidek - “Bizning o‟z oldimizga qo‟ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta‟minlash, tenglar ichida teng bo‟lib, jahon hamjamiyatida munosib o‟rin egallashdan iboratdir. |
0
|
|