Mazkur fan universitetning kunduzgi bo’lim O’zbek filologiyasi yo’nalishi talabalarining “She’r poetikasi” kursi bo’yicha olib boriladigan mustaqil ishlari, amaliy mashg’ulotlari, og’zaki so’rov va boshqa mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishida yo’l-yo’riqlar ko’rsatishga mo’ljallangan. Unda talabalarga she’r poetikasi tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari, mustaqil topshiriqlarga tayorlanishida muhim ba’zi metodik ko’rsatmalar bilan birga ana shu masalalarni mukammal o’rganishda yordam beradigan asl manbaalardan parchalar keltiriladi.