Mazkur ishchi o`quv fan dasturi bakalavriat yo‘nalishining 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qiladigan “Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish” o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan quyidagi bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi:
- Kompyuterlarda asboblar, disketa va yuklanuvchi kompakt disk yaratish, egiluvchi disklar uchun disk yurituvchini o’rnatish, qattiq diskning IDE-disk yurituvchini o‘rnatish, CD-ROM/(RW/DVD) disk yurituvchini o’rnatish, kengaytiruvchi platalarni o‘rnatish, ovoz kartalarini o‘rnatish, tarmoq kartalarini o‘rnatish, videokartani o‘rnatish, ona platasi bilan ishlash, klaviatura qurilmasi va uni sozlash, sichqoncha qurilmasini va uni sozlash, printer qurilmasini kompyuterga ulash va sozlash, multimedia qurilmalarini kompyuterga o’rnatish, elektron doskani o’rnatish va unda ishlash.