Mazkur o’quv uslubiy majmua “Noorganik kimyo-I, II, III bosqich” fanidan “5140500-Kimyo” ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, amaldagi 5140500- Kimyo bakalavriat ta’lim yo’nalishi davlat ta’lim standarti (2017) hamda mazkur fanning o’quv dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.