Mashg’ulot vaqti-8 soat Talabalar soni:
Mashg’ulot shakli Amaliy: guruhli Amaliy mashg’ulot rejasi 1. Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash usullari. 2. O’quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda harakatli o’yinlarni o’tkazish. 3. Ma’naviy-iroda xususiyatlarini chiniqtirishda harakatli o’yinlardan foydalanish 1. “Kartoshka ekish” o’yini 2. “Quloq cho’zma” o’yini 3. “Chillak” o’yini 4. “Otib qochar” o’yini O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, yosh xususiyatlarini hisobga olish, Emotsional holatni boshqarish va diqqatni faollashtiradigan harakatli o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish va o’yinlarni mazmuni va o’tkazish metodikasini o’rgatish. Pedagogik vazifalar: 1. Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash usullari haqida ma’lumotlar berish. 2. O’quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda harakatli o’yinlarni o’tkazishni o’rgatish. 3. Ma’naviy-iroda xususiyatlarini chiniqtirishda harakatli o’yinlardan foydalanishni anglatish. 4. Emotsional holatni boshqarish va diqqatni faollashtirish uchun harakatli o’yinlardan foydalanishni o’rgatish. 5. Kichik, o’rta va katta maktab yoshidagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarni o’rgatish. Identiv o’quv maqsadi: 1. Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash usullari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. 2. O’quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda harakatli o’yinlarni o’tkazishni o’zlashtirish. 3. Ma’naviy-iroda xususiyatlarini chiniqtirishda harakatli o’yinlardan foydalanishni anglab olish. Ta’lim berish usullari Amaliy, ko’rsatmalilik, tushuntirish. Ta’lim berish shakllari Ommaviy, jamoaviy Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, “Harakatli o’yinlar”ni aks ettiruvchi rasmlar va qoidalari. to’plar, xushtak, sekundomer,bayroqcha. Ta’lim berish sharoiti Sport zal, maydonchalar va sport anjomlari Monitoring va baholash Og’zaki nazorat: savol-javob, amaliy ish bajarish. |
0
|
|