Mazkur fan umumiy o‘rta ta`lim maktablari bilan bevosita aloqador bo`lib, texnologiya ta`limi fanini o‘qitishda gazlama turlari, kiyim chizma asoslarini konstruktsiyalash, andaza tayyorlash modellashtirish, bichish va tikish texnologiyasi; material xillari, xossalari, va mexanik usulda ishlov berish texnologiyasi, xavfsizlik texnikasi asoslari, birikmalar tayyorlash texnologiyasi, tokarlik, frezalash, randalash, parmalash, stanoklarida ishlov berish nazorat o‘lchov va rejalash asboblari, dastaki asboblar shuningdek, varaka, tunika, sim materiallariga, prokat usulida olingan metallarga ishlov berish parchinlash, rezba qirqish, charxlash va yuqori sifatli buyumlar yasash xaqida ma`lumotlar berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.