O`zbåkiston mustaqillikka erishgach, milliy o`z-o`zini anglash va qadriyatlarimiz tiklanayotgan bir paytda xalqimiz tarixini o`rganishga bo`lgan e`tibor kuchaydi. Vatanimiz boy tarixi va madaniyati milliy istiqlol g`oyasi bilan sug`orilgan holda yangicha, haqqoniy va xolislik bilan yoritilmoqda. «Mustaqillikka erishganimizdan kåyin xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o`zlikni anglashga qiziqish ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodlari kimligini, nasl-nasabini, o`zi tug`ilib voyaga åtgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi», dåb ta`kidlagan edilar I.A.Karimov bir guruh tarixchi olimlar bilan o`tkazgan uchrashuvda (Òarixiy xotirasiz kålajak yo`q. –T.,1998).