Elementorganik birikmalar kimyosi” bugungi kunda rivojlanayotgan fandir. Ushbu fanni o’rganish davomida talabalar turli elementlar tutgan organic molekulalarning olinishi, ularning xossalari va xalq xo’jaligidagi o’rni bilan tanishadilar. Elementorganik birikmalar kimyosi organic kimyoning muhim bo’lilaridan hisoblanadi, lekin umumiy organik kimyo kurslarida ushbu birikmalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar keltirilmaydi. Bugungi davr oliy o’quv muassasalaridan kimyo sohasida nazariy va amaliy bilimlarni puxta biladigan va ulardan amaliyotda foydalana oladigan kadrlarni tayyorlash talab etiladi. Shu sababli organic kimyo yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar Elementorganik birikmalar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishlari muhimdir