Ishni bajarish tartibi: Xajmi 100ml bo`lgan yumaloq tubli kolbaga 10gr benzoy kislota, 26gr etil spirt va 1ml sulfat kislota joylab, yaxshilab aralashtiring. Kolbaga qaytar sovitgich o`rnating, sovitgichning ikkinchi uchiga xlor kalsiyli naycha ulang. Aralashmani ikki soatcha qizdiring. Reaksiya tugagach aralashmadagi ortiqcha spirtni xaydab oling, qoldiqni ajratgich voronkaga ko`chirib, ustiga 100ml suv quying. Suvli aralashmadan etilbenzoatni 3-4 marta 10-20ml miqdordagi efir bilan eksraktsiyalang.