Ushbu darslik servis bo‘yicha kasb ta’limini gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishidagi keng assortimentdagi kiyimlarni badiiy bezash faniga oid bo‘lib, engil sanoat ishlab chiqarishlariga ta’lluqli umum o’rta ta’lim maktablarini yuqori sinflari va kasb-hunar kollejlariga mo‘ljalllangandir. Darsilikda milliylikka asoslangan kiyimlarni badiiy bezash texnologiyasi va ular asosidagi xalq hunarmandchiliklariga oid dars materiallariga tegishli kengaytrilgan manbalar mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.