Nutq - murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo`lib o`sishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo`lib, atrofdagilarga taqlid etish yo`li bilan rivojlanib boradi. Og`zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog`langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko`p jihatdan talaffuzga bog`liq.