Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql - zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo’lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo’shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag’ishlangan. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo’lib kelgan.
|
0
|
|