Qo’llanma kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, shu fanning o’quv dasturi asosida tuzilgan va o’quv adabiyoti Davlat ta’lim standartining bakalavr mutaxassisligi “Matematika” va “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishlariga mos keladi.
Qo’llanma kompleks sonlar va kompleks argumentli funktsiyalar, elementar funktsiyalar va ular yordamida bajariladigan konform akslantirishlar, kompleks argumentli funktsiyaning integrali va chegirmalar nazariyasi mavzularini o’z ichiga oladi.