Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish fani bo’lajak mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayonini va uni tashkil etish bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, maktabgacha ta’limga qo’yilgan talablar, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogiê asoslarini o’rgatadi.
1.2.Fanining vazifalari. Bo’lajak mudira oldiga qo’yiladigan maqsad va vazifalar O’zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastlabki bosqichi: Maktabgacha ta’limda boshqaruvning mazmuni, oziga xos xususiyatlari, ta’limiy –tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo’lgan munosabatni tarbiyalash. Mudira va uslubchining kasbiy xususiyatlari va unga qo’yilgan talablar: Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari bilan qurollantiriladi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ish olib borish, bu faoliyat jarayonida mudira va uslubchining vazifalari o’rganiladi. |
0
|
|