O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi mavjud imkoniyatlardan va xalqimizning qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda va ularni qayta ishlashda ortirgan bilim hamda tajribalardan foydalanish sharoitini yaratdi.
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va etishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom-ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda. Vazirlar Maxkamasi tomondan “Paxta ekin dalalarini qisqartirib, meva-sabzavot ekinlarining maydonlarini kengaytirish” va “meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashni rivojlantirish ”ga bag‘ishlangan qonunlari shular jumlasndandir.