Mazkur o‘quv uslubiy majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlanib, 5230100-iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Ushbu majmuada mintaqa ishlab chiqarishni bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkil etilishi, unda mexnat, moliyaviy va boshqa resurslardan samarali foydalanish usullari, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari xamda omillari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni o‘ziga xos xususiyatlari, uni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash mexanizmi, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish tizimi, mintaqa moliyasi va investitsion iqlim sharoitlari kabi dolzarb masalalar keng yoritilgan. Bu majmuada zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimini amalda qo‘llagan holda o‘quv maqsadlari, mavzuga oid va mavzuni echimlariga bag‘ishlangan muammolar, nazorat savollari, talabalar mustaqil bajarishi zarur bo‘lgan topshiriqlar, testlar va glossariylar keltirilgan.