Mazkur o’quv o’quv-uslubiy majmua 5220100 - o’zbek filologiyasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun tayyorlangan bo’lib, unda XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning 20-yillarigacha bo’lgan o’zbek adabiyotining taraqqiyotiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, undan ishchi dastur, reyting ishlanmasi, auditoriyada o’tiladigan o’quv mashg’ulotlari (ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar), mustaqil ravishda o’rganishga tavsiya qilingan mavzular, ulardagi ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan savollar va bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar o’rin olgan bo’lib, tegishli adabiyotlar ro’yxatlari ham mavjud.