Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta’lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shakllantirishdan iborat.