Mazkur fan dasturi bakalavriat: 5112000 – Jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi 1-2 bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, 1,2,3,4 semestrlarida o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, sport va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi suzish va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.