Ushbu darslikning asosini mualliflar tomonidan iqtisodiyot univеrsitеtida mikroiqtisodiyot fanidan o’qitilayotgan ma`ruzalar tashkil etgan. Darslikda iqtisodiyotning qo’yi pog’onasi ya`ni bozorda to’g’ridan to’g’ri xarakat qiladigan sub`еktlarning iqtisodiy faoliyatining nazariy va amaliy tomonlari yoritilgan. Korxonalarning raqobatlashgan bozordagi harakati, monopol va oligopolik bozorlardagi harakati bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalar o’rganilgan va grafiklar asosida tahlil qilingan hamda korxonalar foydasini maksimallashtirishga doir masalalarning iqtisodiy qo’yilishi va ularning echimi ko’rsatib berilgan.