Ushbu o‟quv-uslubiy majmua 5112000- jismoniy madaniyat ta‟lim yo‟nalishida ta‟lim olayotgan talabalarga mo‟ljallangan. O‟quv-metodik majmua Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan 18.08. 2017 yil tasdiqlangan odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani namunaviy dasturi (¹ ÁÄ – 5112000- _______) talablari asosida tayyorlanib, unda zamonaviy pedtexnologiya tizimiga suyangan holda Odam anatomiyasi fani shartli ravishda bir nechta tizimlarga ajratib o`rganiladi. Bularga quyidagilar kiradi: suyaklar xaqidagi ta`limot - osteologiya, bo`g`imlar ta`limoti - artrologiya, muskullar ta`limoti - miologiya, ichki a`zolar xaqidaga ta`limot - splanxnologiya, yurak-qon aylanish va limfa tizimi ta`limoti - angiologiya, nerv tizimi ta`limoti - nevrologiya, sezgi a`zolari xaqidagi ta`limot - esteziologiya, ichki sekretsiya bezlari xaqidaga ta`limot - endokrinologiya nomlari bilan bayon qilingan. Har bir mavzu oxirida talabalar tomonidan bajarilishi zarur bo‟lgan topshiriqlar va nazorat savollari keltirilgan. O‟quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti Ilmiy kengashi tomonidan (2017 yil ___ __________ dagi ____- sonli bayonnoma) ko‟rib chiqilgan va o‟quv jarayonida qo‟llashga tavsiya etilgan.