«O’zbek dialektologiyasi» fani universitetlar va pedagogika institutlarining o’zbek tili va adabiyoti fakultetlarida tilshunoslikning bir sohasi sifatida o’qitiladi.
O’zbek tili dialektlari xilma-xil va juda murakkabdir. Oliy o’quv yurtini tugatgan ona tili o’qituvchisi o’zining ish faoliyatida turli dialekt vakillari bilan uchrashadi. Shuning uchun o’qituvchi mashg’ulotlarni o’zbek tilining adabiy normasida olib borish bilan birga shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilishi, o’quvchilarga adabiy til va sheva o’rtasidagi farqni tushuntirishda, ularda uchraydigan dialektal xatolarning oldini olishda qiynalmaydi.