H.Mirhaydarov (majmuaning uslubiy qismi, badiiy asarda mazmun va shakl, obraz va obrazlilik mavzulari), Z.Rahimov, M.Jo’raeva (boshqa ma’ruza matnlari) tomonidan “Adabiyot nazariyasi” kursi bo’yicha tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua 5220100-Filologiya (O’zbek filologiyasi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan.
Majmuada badiiy adabiyotning nazariy qonun-qoidalarini o’rganish, taraqqiyot yo’nalishlari, tarixiy-adabiy jarayon va ijodkor ahlining adabiyot haqidagi fikrlarini tahlilu talqin qilingan. O’quv-uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan (10.10.2007 yil, 1-bayonnoma) nashrga tavsiya qilingan. |
0
|
|