Inson ta’siri natijasida dunyo o‘zgarmoqda.Insoniyatning organik energetik resurslarni o‘ylamasdan energetikada, transportda, katta zavod va fabrikalarda qo‘llashi, atom energetikasi hamda katta shaharlar chiqindilarini dunyo okeaniga tashlanishi natijasida atrof-muhit o‘zgarmoqda.Yer yuzida iqlimning o‘zgarishi kuzatilmoqda, mangu muzliklar erimoqda, shaharlar suv ostida qolmoqda, o‘rmonlar yonmoqda.Yer yuzining juda ko‘p mamlakatlarida insonlarni ichimlik suvining etishmasligi, qurg‘oqchilik va ocharchilik qiynamoqda, yangi-yangi kasalliklar paydo bo‘lmoqda.