O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida-respublikaning qulay iqtisodiy geografik o’rni, boy tabiiy resurslari to’liq bayon etilgan. Respublika Xalq xo’jaligining rivojlanish darajasi va asosiy ixtisodiy rivojlanish bosqichlari tarixiy-geografik voqeylik asosida yoritilgan. Kurs mazmunining asosiy qismini respublikaning sanoat, agrosanoat va transport majmualari bayoni egallaydi. Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va ularning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rnini belgilashga alohida e’tibor berilgan.