Amaldagi 5110500-geografiya o’qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi davlat ta’lim standarti (2017) hamda «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» fanning o’quv dasturiga (2017) muvofiq talabalar Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning “Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursi bo’yicha dunyoning siyosiy kartasi, jahon tabiiy resurslari, dunyo aholisi, jahon iqtisodyoti, jahon sanoati, jahon qishloq xo’jaligi, jahon transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari, dunyoning global muammolari, yevropa ittifoqi davlatlari, evropa mamlakatlarining umumiy tavsifi, g’arbiy yevropa davlatlari, shimoliy yevropa davlatlari, janubiy yevropa davlatlari, sharqiy yevropa mamlakatlari, shimoliy amerika mamlakatlari, lotin amerikasi davlatlari, osiyo qit’asi subregionlari, sharqiy osiyo davlatlari, yaponiya, xitoy xalq respublikasi, koreya respublikalari, janubi-sharqiy osiyo mamlakatlari, janubiy osiyo mamlakatlari, janubi-g’arbiy osiyo davlatlari, avstraliya va okeaniya davlatlari va afrika davlatlari bilan tanishish, tegishli bilimga ega bo’lishlari talab qilinadi.