“Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soxa kimyo va fizika o’rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o’zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaktsiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko’p qirrali tadqiqotlar o’tkazadi. Ilm-fanning rivojlanishi bilan fizikaviy kimyo kursining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ushbu kursning asosiy vazifasi fanning zamonaviy holatini chuqur tushinish, talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish ko’nikmalarini xosil qilishdan iboratdir.
Ushbu darslik Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetida fizikaviy kimyo umumiy kursidan o’qilayotgan materiallar asosida tayyorlangan. Mualliflar fizikaviy kimyoni nisbatan qisqa va tushunarli ko’rinishda yoritishni hamda o’quvchilarni fizikaviy kimyo kursini mustaqil ravishda chuqurroq o’zlashtirishga yo’naltirishni o’zining oldiga maqsad qilib qo’yganlar. Darslikda fizikaviy kimyoni fan sifatida tushunish uchun mukammal