O’quv uslubiy majmua “Geterohalqali birikmalar kimyosi” fanidan “5140500-“Kimyo” ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, Tabiiy fanlar fakultetining “Kimyo” kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan. “Geterohalqali birik-malar kimyosi” fani o’quv uslubiy majmuasini yaratishda etakchi xorijiy OTMlari o’quv dasturlariga asosiy adabiyotlar ro’yxatiga kiritilgan John Mc Murry. Organic Chemistry with Biological Applications, Third Edition. USA. 2015. P 689-690. Geterohalqali birikmalar kimyosi fanidan “5140500-“Kimyo” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosan 2-semetrida mos ravishda 22 auditoriya soatlarida o’qitiladi. Semestrda “Geterohalqali birikmalar haqida tushunchalar va ularning sinflanishi. Besh a’zoli bitta geteroatom tutgan “Geterohalqali birikmalar (furan, tiofen, pirrol) ular sintezining usuli va o’zaro aylanishlari (Yurev usuli). Furan, tiofen, pirrol hamda benzolning fizikaviy-kimyoviy xossalarini taqqoslash. Fenol va pirrol hosilalarining o’xshashligi. Usullari haqida umumiy ma’lumotlar berilgan, ularning olinishi, xossalari, ishlatilishi ahamiyati misollar asosida tushuntirib o’tilgan.